
TRIGGER – Markaziy Osiyoda bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash uchun qulay muhit yaratish orqali universitet talabalari o‘rtasida innovatsion yondashuvlar, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Application No: 617309-EPP-1-2020-1-SK-EPPKA2-CBHE-JP
TRIGGER loyihasi «OTM va keng iqtisodiy va ijtimoiy muhit o’rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash»ga qaratilgan. TRIGGER loyihasi Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun mintaqaviy ustuvorlikni nazarda tutadi (7-mintaqa):» Umum jamiyat ichida oliy ta’lim sohasini rivojlantirish»: universitet va korxona hamkorligi, xususan TRIGGER talabalarni amaliy joylashtirish, tadbirkorlik, bitiruvchilarni ishga joylashtirish imkoniyatlarini qo’llab-quvvatlaydi.
MAQSADI
- Markaziy Osiyo mamlakatlarida bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali iqtisodiyotning o’sishiga hissa qo’shish
DIQQAT MARKAZIDA
- Inson resurslarini rivojlantirish
- Mehnat bozorlarining mustahkamligini oshirish
KUTILAYOTGAN NATIJALAR
- Oliy o’quv yurtlarining kelajakdagi muammolarga tayyorligini, ayniqsa, ularda tadbirkorlik va innovatsion muhitni qo’llab-quvvatlash
- Hamkor mamlakat OTMlarida tadbirkorlik ta’limi va ko’nikmalarini rivojlantirish
- Hamkor mamlakat OTMlarida karyera, ish bilan ta’minlash va korxona xizmatlarini yaratish va takomillashtirish
- OTMlarning keng iqtisodiy va ijtimoiy muhit bilan munosabatlarini mustahkamlash
VAZIFALAR
Jamiyatda oliy ta’lim sohasini keng miqyosda rivojlantirish: universitet – korxona hamkorligi. TRIGGER – Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, Qozog’iston, O’zbekiston va Tojikistonni rivojlantirishga qaratilgan loyiha bo’lib, ko’plab xorijiy mamlakatlar jalb etilgan.
- Talaba amaliyot dasturlari
- Tadbirkorlik
- Bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishi qo’llab quvvatlaydi
